Buxoro sh, Fatxobod k, 26-uy

NEVROLOGIYA

Nevrologiya — markaziy va periferik nerv tizimi kasalliklarini, ularning sabablari, rivojlanish mexanizmlari, tashxislash, davolash va oldini olishni oʻrganuvchi tibbiyot boʻlimidir. Nevrologik kasalliklar harakatlanish, sezuvchanlik, koordinatsiya, nutq, xotira, diqqat, uyqu va nerv tizimining boshqa funksiyalari buzilishida namoyon boʻlishi mumkin.

Zamonaviy nevrologiya klinik koʻrikni asbob-uskunali va laboratoriya tashxislashning zamonaviy usullari bilan birlashtirgan holda bemorga kompleks yondashuvdan foydalanadi.

Nevrologiyaning asosiy yoʻnalishlari

Nerv tizimining tomir kasalliklari

Ishemik va gemorragik insult, tranzitor ishemik atakalar, insult oqibatlari, shuningdek, boshqa tserebrovaskulyar kasalliklar. Erta tashxislash, takroriy insultning oldini olish va tiklovchi davolash alohida ahamiyatga ega.

Bosh ogʻrigʻi

Migren, zoʻriqish bosh ogʻrigʻi, klaster bosh ogʻrigʻi va boshqa biramchi hamda ikkilamchi bosh ogʻriqlari. Tashxislash bosh ogʻrigʻi turini aniqlash va xavfli ikkilamchi sabablarni istisno qilish imkonini beradi.

Epilepsiya va paroksizmal holatlar

Epilepsiya va takrorlanuvchi xurujlar, hushning buzilishi, noodatiy harakat yoki sezgi simptomlari bilan kechadigan boshqa holatlar.

Parkinson kasalligi va boshqa harakat buzilishlari

Parkinson kasalligi, tremor, distoniya, tiklar va mushaklar tonusi, koordinatsiya hamda harakat faolligining oʻzgarishi bilan kechadigan boshqa harakat buzilishlari.

Demiyelinizatsiyalovchi kasalliklar

Tarqoq skleroz va nerv tolalarining miyelin qobigʻi shikastlanadigan boshqa kasalliklar. Koʻrish, sezuvchanlik, harakat, muvozanat buzilishi va boshqa nevrologik simptomlar bilan namoyon boʻlishi mumkin.

Kognitiv buzilishlar

Xotira, diqqat, fikrlash va boshqa kognitiv funksiyalarning turli darajadagi buzilishlari. Ular tomir, neyrodegenerativ, travmatik va boshqa kasalliklar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Periferik nerv tizimi kasalliklari

Nevralgiya, neyropatiya, polineyropatiya, radikulopatiya va ogʻriq, uyshish, chumoli yurishgandek his qilish, holsizlik yoki sezuvchanlikning oʻzgarishi bilan kechadigan boshqa holatlar.

Umurtqa pogʻonasi kasalliklari va ildizcha sindromlari

Boʻyin, bel va umurtqadagi ogʻriqlar, radikulopatiyalar, umurtqalararo churralar va qoʻl-oyoqlarda ogʻriq, uyshish hamda holsizlik yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boshqa holatlar.

Neyromushak kasalliklari

Mushaklar, nerv-mushak birikmasi va periferik nervlarning kasalliklari boʻlib, mushak holsizligi, tez charchash, tonusning oʻzgarishi va boshqa harakat buzilishlari bilan kechadi.

Kalla-bosh miya jarohatlarining oqibatlari

Kalla-bosh miya jarohatidan keyin yuzaga keladigan kognitiv, emotsional, harakat va boshqa nevrologik buzilishlar.

Nevrologik profildagi uyqu buzilishlari

Uyqusizlik, uyqu va uygʻoqlik rejimining buzilishi, parasomniyaning baʼzi turlari va nevrologik baholashni talab qiladigan boshqa holatlar.

Nevrolog konsultatsiyasi zarur boʻlgan asosiy simptomlar

tez-tez uchraydigan yoki noodatiy bosh ogʻriqlari;

bosh aylanishi, muvozanat va koordinatsiyaning buzilishi;

uyshish, chumoli yurishgandek his qilish yoki sezuvchanlikning pasayishi;

qoʻl yoki oyoqda holsizlik;

boʻyin, bel yoki umurtqadagi ogʻriqning qoʻl-oyoqlarga tarqalishi;

tremor (qaltirash), ixtiyorsiz harakatlar yoki tutqanoqlar;

xotira, diqqat, nutq yoki boshqa kognitiv funksiyalarning buzilishi;

uyqu buzilishlari;

hushdan ketish yoki hushni yoʻqotish epizodlari;

yurish yoki harakatlar koordinatsiyasining oʻzgarishi.

Nevrologiyada tashxislash

Tashxislash yondashuvi shikoyatlar va nevrologik koʻrik natijalari bilan belgilanadi. Zarurat boʻlganda magnit-rezonans va kompyuter tomografiyasi, elektroentsefalografiya (EEG), elektroneyromiografiya (ENMG), tomirlarni ultratovushli tekshirish usullari, laboratoriya tekshiruvlari va boshqa usullardan foydalanilishi mumkin.

Davolash va tiklanish

Davolash tashxis, simptomlarning namoyon boʻlish darajasi, yosh va hamroh kasalliklarni hisobga olgan holda individual ravishda tanlanadi. Holatga qarab dori-darmon terapiyasi, tomir asoratlarining oldini olish, reabilitatsiya chora-tadbirlari, davolash jismoniy tarbiyasi va tiklovchi davolashning boshqa usullari qoʻllanilishi mumkin.

Tarmoqlararo (mejdissiplinar) yondashuv

Zarurat boʻlganda nevrolog terapevt, kardiolog, neyrojarroh, psihiatr, psixoterapevt, oftalmolog, reabilitolog va boshqa mutaxassislar bilan birgalikda ishlaydi. Bunday yondashuv bemorning holatini kompleks baholash hamda tashxislash va davolashning maqbul taktikasini tanlash imkonini beradi.

Muhim: tananing bir tomonida toʻsatdan paydo boʻlgan holsizlik yoki uyshish, nutqning buzilishi, yuz asimmetriyasi (qiyshayishi), koʻrishning toʻsatdan yoʻqolishi, koordinatsiyaning keskin buzilishi yoki noodatiy juda kuchli bosh ogʻrigʻi oʻtkir nevrologik holat belgilar boʻlishi mumkin ва shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladi.