AZMIR Medical Center endi bemorlariga yanada yaqin — yangi rasmiy saytimiz bilan tanishing!
AZMIR Medical Center klinikasi 2017-yil aprel oyidan buyon Buxoro shahrida faoliyat yuritib, bemorlarning salomatligi haqida qayg‘urib kelmoqda. Biz doimo rivojlanishga, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini joriy etishga hamda tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga intilamiz.
Zamon bilan hamnafas bo‘lish — bemorlarimiz uchun yanada qulay va ochiq bo‘lish demakdir!
Shu maqsadda klinikamizning yangi rasmiy sayti — azmirclinic.uz ni ishga tushirdik.
Endilikda Buxoro va boshqa hududlar aholisi internet orqali klinikamizni oson topishi, faoliyat yo‘nalishlarimiz, tibbiy xizmatlarimiz va malakali mutaxassislarimiz haqida batafsil ma’lumot olishi mumkin.
Saytda nevrologiya, psixonevrologiya, diagnostika, davolash usullari va shifokorlar maslahatlari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan.
Foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida sayt o‘zbek va rus tillarida ishlab chiqildi. Shuningdek, shifokorlar qabuliga onlayn yozilish, klinikamizning aloqa ma’lumotlari va ish jadvali bilan tanishish imkoniyati mavjud.
Kelgusida saytimizni yanada rivojlantirib, foydali tibbiy maqolalar va klinikamiz yangiliklarini muntazam e’lon qilib boramiz.
AZMIR Medical Center — zamonaviy tibbiyot va har bir bemorga g‘amxo‘rlik!